Qoʻllanma

Qogʻoz jurnaldan elektron jurnalga qanday oʻtiladi

Elektron jurnalga oʻtish uch ishdan iborat: oʻquvchilar va dars jadvalini tizimga koʻchirish, oʻqituvchilarni oʻrgatish va ota-onalarni ulash. Eng qulay payt — chorak yoki oʻquv yili boshi.

Avval roʻyxatlarni tartibga keltiring

Sinflar, oʻquvchilar va fanlar roʻyxati toza boʻlsa, koʻchirish tez oʻtadi. Excel faylidagi takror va xatolarni oldindan tuzating.

Dars jadvali — poydevor

Jurnal dars jadvaliga tayanadi: qaysi oʻqituvchi qaysi sinfga qaysi fandan kiradi. Jadval toʻgʻri boʻlsa, oʻqituvchi faqat oʻz darslarini koʻradi.

Baholash qoidalarini kelishib oling

Chorak bahosi qanday chiqarilishi, uy vazifasi baholanadimi — buni oʻtishdan oldin maktab ichida bir xil qilib oling.

Oʻqituvchini bitta darsda oʻrgating

Oʻqituvchiga kerak boʻladigani uchta: davomat belgilash, baho qoʻyish, uy vazifasi yozish. Shuni jonli darsda bir marta koʻrsatish yetarli.

Ota-onalarni birinchi haftada ulang

Ota-ona bahoni oʻsha kuni koʻrsa, tizim foydasi darhol seziladi va oʻqituvchilarga savollar kamayadi.

Qogʻoz jurnalni bir kunda yoping

Ikki jurnalni parallel yuritish oʻqituvchini charchatadi. Aniq sana belgilang va shu kundan faqat elektron jurnalda ishlang.

Oʻtish rejasi

  1. 1Oʻquvchilar roʻyxati va dars jadvalini Excel faylidan tizimga koʻchiring.
  2. 2Bitta sinfda bir hafta sinab koʻring va savollarni yigʻing.
  3. 3Oʻqituvchilarni oʻrgating, ota-onalarga ilovaga kirish maʼlumotini bering.
  4. 4Belgilangan sanadan butun maktab elektron jurnalga oʻtadi.

Tez-tez beriladigan savollar

Elektron jurnalga qachon oʻtgan maʼqul?

Chorak yoki oʻquv yili boshida: yangi baholar birdaniga tizimda yuritiladi va eski baholarni koʻchirish kerak boʻlmaydi.

Mavjud Excel roʻyxatlar yaroqlimi?

Ha. iqbolada oʻquvchilar roʻyxati va dars jadvali Excel faylidan import qilinadi.

Oʻqituvchi telefondan ishlay oladimi?

Ha, davomat va bahoni dars paytida telefondan belgilash mumkin.

Ota-ona bahoni qachon koʻradi?

Baho qoʻyilishi bilan ota-ona ilovasida koʻrinadi.

Yuklanmoqda…