Qoʻllanma

Maktab va ota-onalar aloqasi: nimani, qachon va qayerda xabar qilish

Ota-ona bilan aloqa yaxshi ishlashi uchun uchta savolga javob kerak: qaysi xabar darhol boradi, qaysi biri haftada bir marta va hammasi qaysi kanalda. Guruh chatlari oʻrniga har bir ota-onaga faqat oʻz farzandi haqidagi maʼlumot borishi kerak.

Darhol boradigan xabarlar

Bola darsga kelmagani, yangi baho va toʻlov eslatmasi kutib turmaydi. Bularni ota-ona oʻsha kuni bilishi kerak.

Haftalik va choraklik xabarlar

Oʻzlashtirish, davomat xulosasi va chorak baholari — shoshilinch emas, lekin muntazam boʻlishi kerak.

Bitta kanal

Xabarlar chat, qogʻoz va telefon qoʻngʻiroqlariga tarqalsa, ota-ona muhimini oʻtkazib yuboradi. Bitta ilova yoki bitta kanal tanlang.

Faqat oʻz farzandi haqida

Umumiy guruhda baho yoki qarz haqida yozish boshqalar oldida noqulaylik tugʻdiradi. Shaxsiy maʼlumot faqat shu ota-onaga borsin.

Eʼlonlar alohida

Tadbir, taʼtil va yigʻilish eʼlonlari shaxsiy xabarlar bilan aralashmasin: ular hammaga bir xil boradi.

Oʻqituvchining vaqti

Ota-ona bahoni oʻzi koʻra olsa, oʻqituvchiga kechqurun yoziladigan savollar kamayadi.

Qanday yoʻlga qoʻyiladi

  1. 1Qaysi xabar darhol, qaysi biri haftalik borishini roʻyxat qiling.
  2. 2Asosiy kanalni tanlang va ota-onalarga yil boshida eʼlon qiling.
  3. 3Har bir ota-onani oʻz farzand(lar)iga bogʻlang.
  4. 4Bir oydan soʻng ota-onalardan nima yetishmayotganini soʻrang.

Tez-tez beriladigan savollar

Ota-onaga qaysi xabarlar eng muhim?

Davomat, yangi baholar va toʻlov holati. Bular oʻsha kuni yetib borishi kerak.

Telegram guruhi yetarli emasmi?

Guruh eʼlonlar uchun qulay, lekin baho va toʻlov kabi shaxsiy maʼlumot uchun toʻgʻri kelmaydi.

Bir nechta farzandi bor ota-ona-chi?

iqbola ota-ona ilovasida barcha farzandlar bitta hisobda koʻrinadi.

Ota-ona ilovasi pullikmi?

iqbolada ota-onalar uchun asosiy imkoniyatlar bepul.

Yuklanmoqda…